Главная » Статьи » She'rlar

So`z obobi u xam bir go`zallik timsoli. (TAS-IX)
So`z obobi u xam bir go`zallik timsoli.

Yolg'on so'z - deguvchini beobro' qilar, chunki u gavharni oddiy toshdek xor qilar. Kimki, chin so'zni yolg'onga qorishtirsa, asl injuni najosatga otar.
Alisher Navoiy 

Chin so'zni yolg'onga chulg'ama, chin ayta oladigan tilni yog'onga bulg'ama.
Alisher Navoiy 


Kishi chin so'z aytsa go'zal bo'lur,

Har qancha qisqa bo'lsa eng yaxshidur.
Alisher Navoiy 

Yolg'onchining so'zi har qancha chiroyli bo'lgani bilan qabihdir.
Alisher Navoiy 

So'z agar go'zallik bezagi bilan bezalmagan bo'lsa, unga chinlik bezagining o'zi yetar.
Alisher Navoiy 

Chin so'z - mo'tabar, yaxshi so'z - muxtasar.
Alisher Navoiy 


Har kishining kim so'zi yolg'on esa,

Aylama bovar nechakim chin desa.
Alisher Navoiy 


Kishikim jahonda so'zi rostdur,

Erur dol anglakim o'zi rostdur.
Alisher Navoiy 


Oqil chin so'zdin o'zgani demas,

Ammo barcha chinni demak - oqil ishi emas.
Alisher Navoiy 


So'zning turlari ko'pdir, 

Yolg'ondan yomonroq turi yo'qdir.
Alisher Navoiy


Tilga kuchi eta olgan - aqlli donishmand, 

So'zga erk bergan - pastkash ahmoq.
Alisher Navoiy 


So'zing ehtiyot qil, boshing ketmasun, 

Tiling ehtiyot qil, tishing sinmasun.
Yusuf Xos Hojib 


Til arslon kabidir qafasda yotar,

Bu tutqun darranda boshingni yorar.
Yusuf Xos Hoji


So'z erur ushbu tilsimotga kalit, 

So'zni o'rgan, ochishga jur'at et.
Abdurahmon Jomiy 


Aytilmagan so'z - sof oltindir.

Tildan chiqqan so'z esa, misdir.
Yusuf Xos Hojib 


Molu dunyo yig'sang, tugar, olinur,

Yozilsa qolur so'z, jahonni kezur.
Yusuf Xos Hojib


Tilingni tiyolsang omondur boshing, 

So'zningni qisqa qilsang uzaydi yoshing.
Yusuf Xos Hojib 


Odam o'tar ko'r! Qolar odam belgisi - so'z, 

Ozu qimmatli so'zla, bo'lsin o'lmas so'z.

Kishi tug'ilur, o'lur, so'zi qolur ko'r,

Odam o'luru, so'zi bilan nomi qolur ko'r. 
Yusuf Xos Hojib 


Bilimsiz kishidan yiroq tur doim, 

Bilimsiz so'zi, xulqi besubut doim. 
Yusuf Xos Hojib 


Talay so'zlagan so'z keladi malol,

Yana so'zlamasang oting gungu lol.
Yusuf Xos Hojib 


Talay so'zlama so'z, bir oz so'zla oz, 

Tuman so'z chigilin shu bir so'zda yoz.
Yusuf Xos Hojib
Категория: She'rlar | Добавил: Shaxzod4ik (27.10.2012)
Просмотров: 1235 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]