Главная » Статьи » She'rlar |
Yolg`on so`z.......
Yolg‘onchilik — qabih illat. M. MONTEN Yolg‘onchilik o‘g‘rilikdan battar. J. RENAR Yolg‘onchilik — yovuzlik timsoli. V.GYUGO Faqat yaramaslargina aldashadi. F. M. DOSTOYEVSKIY Yolg‘onni bu qadar fosh etishimizning boisi shundaki, eng pastkash illatlar ichida ayniqsa yolg‘onni berkitish ham va unga bo‘yin egish ham oson. F. VOLTER Agar yolg‘on ham haqiqat singari bir xil bo‘lganda-ku, ahvolimiz ancha yengillashardi. U holda biz yolg‘on so‘zlayotgan odamning gapini teskari tushunib qo‘ya qolardik. Lekin haqiqatning aksi bo‘lgan yolg`onning minglab qiyofasi bor va uning had-chegarasi yo‘q. M. MONTEN Kishi yanglishgan paytda buni har qanday odam sezadi, ammo aldayotganda esa hamma ham sezavermaydi. I. GYOTE Yolg‘onchi — inson deb atalishga loyiq emas. F. FENELON Irodasiz yurak, farosatsiz aql, buzuq xarakterni yolg‘on fosh etadi. F. BEKON Hammadan ham ko‘ra men qo‘rqoqlik va ojizlik tufayli to‘qilgan yolg‘ondan jirkanaman. A. I. KUPRIN Yolg‘onchilik va makr — ahmoqlar bilan qo‘rqoqlar panohi. F. CHESTERFILD Yolg‘onchilik inson qalbi va jismiga hadsiz uqubat yuklaydi. Sh. RUSTAVELI O’z vijdonini aldash — insonning hayotidan ezilishining eng keng tarqalgan va eng qabih ko‘rinishidir. L. P. ANDREYEV Yolg‘onchilik zo‘rlik boshlangan joyda tug‘iladi. K. A. FEDIN Yolg‘onchi yolg‘onsiz yashay olmaydi. I.I . XEMNISER Yolg‘onchilikka o‘rgangan odam ishda ham, bekorchilikda ham yolg‘on so‘zlayveradi. I. I . XEMNISER Ma’lum vaqt hiyla-nayrang bilan shug‘ullanib yurgan odam endi u siz turolmaydi: qolgan narsalarning bari unga zerikarli ko‘rinadi. J. LABRUYER Yolg‘on ham ichkilikbozlikning o‘zi. Yolg‘onchi o‘layotganda ham yolg‘on gapirib o‘ladi. A. P. CHEXOV Shira — maysani, zang — temirni, yolg‘on esa qalbni kemiradi. A. P. CHEXOV Insonni ayni yolg‘onchilik tahqir etadi. O. BALZAK Yolg‘onning doimiy hamrohi — ayyorlik. J. LOKK Shaxsiy manfaat yo‘lida o‘zini-o‘zi aldash qalbakilik; o‘zgalar manfaati uchun aldash — soxtalik; ziyon yetkazish uchun aldash — bo‘hton, bu yolg‘onning eng yomon zahridir. J. J. RUSSO Yolg‘onchiga hatto u to‘g‘ri gapirganda ham ishonmaymiz. SITSERON Yolgonchining jazosi uning gapiga hech kim ishonmay qo‘yishida emas, balki uning o‘zi endi hech kimga ishonmasligidadir. B. SHOU Yolg‘onchilik hayotda suyanchiq bo‘lmaydi. N. K. KRUPSKAYA Ojizlarning kuchi hiyla-nayrangda. V. SHEKSPIR Qalbaki narsa hech qachon pishiq bo‘lmaydi. P. BUAST Yolg‘on beviqor qilur odamni, Yolg‘on sharmisor qilur odamni. SA’DIY Eng qabih yelg‘on ko‘pincha sukut saqlagan holda ifodalanadi. R. STIVENSON To‘la haqiqatgina maqtovg‘a loyiq, chala haqiqat hech narsaga arzimaydi. S. SVEYG Chala haqiqat yolg‘ondan xavfli; chala haqiqatga qaraganda yolg‘onni ajratish oson, chala haqiqat esa sezdirmaslik uchun ikki hissa pishiqroq niqob kiyib oladi. T. GIPPEL Chala haqiqatni fosh etish g‘irt yolg‘onni fosh etishdan ko‘ra ikki bora qiyin. O.OMELLI Birov soxtalashtirilgan haqiqat — eng xavfli yolg‘ondir. G. LIXTENBERG Haqiqatlar ichiga kirib qolgan birgina yolg‘on hamma haqiqatni shubhaga qo‘yadi. P. BUAST Aldayotgan odam yelkasida qanchalik og‘ir yuk borligini o‘ylamaydi, chunki u birinchi yolg‘onini davom ettirish uchun yana yigirma martalab yolg‘on so‘zlaydi. A. POP Har kimki so‘zi yolg‘on, yolg‘oni zohir bo‘lg‘ach yolg‘on. Yolg‘onni chindek aytuvchi suxanvar — kumushni oltin bilan ro‘kash qilg‘uvchi zargar. A. NAVOIY Kimki bir yolg`on gapirdimi, yana gapiradi. Axir bitta yolg‘onni boshqa yettitasi bilan quvvatlash kerakda. F. RYUKKERT Kim xotirasiga uncha ishonmasa, kelishtirib yolg‘on ham so‘zlolmaydi, deb bejiz aytishmaydi. M. MONTEN Agar siz faqat bor gapni aytsangiz, boshqa narsalarni o‘ylab o‘tirishingiz shart emas. MARK TVEN Albatta, bilmay turib ham yolg‘on gapirib qo‘yish mumkin, ammo «yolg‘onchi», degan tushuncha qasddan yolg‘on so‘zlash ma’nosini bildiradi. B. LASKAL Yolg‘on gapirayotganingni sezsang, og‘zingni yumishing har vaqt ham kech emas. A. DYUMA (o‘g‘li) Yolg‘on kuchga kirgan vaqtda ham baribir hech vaqt haqiqatga aylanmaydi. R. TAGOR Bordi-yu, yolg‘onga duch kelsang, sen uni yo‘q qil. Yolg‘on faqat yo‘q qilishlari uchungina mavjud. T. KARLEYL | |
Просмотров: 1178 | |
Всего комментариев: 0 | |