Главная » Статьи » Soft |
Telefonlarni qayta dasturlash (Phoenix+Proshivka) TAS-IX
Buning uchun bizga kerak bo`ladigan narsalar ro`yhati: "Phoenix” dasturi, qaysi telefonni proshivka qilishga qarab uning markasini bilib o`zining proshivkasi (masalan "Nokia 2700 classic” va shuning proshivkasi) va Telefonga tushadigan USB kabel (USB kabel kompyuteringizga tushmasa, Connectivity Cabel Driver ni o`rnating) kerak bo`ladi. "Phoenix” – Bu dastur shu xususiyatga egaki uni yordamida istalgan telefoningnizni qaytadan dasturlashingiz mumkun. Xar bir telefon qayta dasturlangandan so`ng uning sozlanmalari «Заводской Настройка» xolatiga keladi!!! Phoenix dasturi 1 bo`lim 2 bo`lim 3 bo`lim 4 bo`lim 5 bo`lim 6 bo`lim Diqqat, Esda tuting!!! Telefonni qaytadan dasturlagandan so`ng telefondagi C:\ dagi barcha narsalar (kontaktlar, internet sozlanmalari, eslatmalar, xabarlar, va boshqalar) o`chadi va uning qanday proshivka qilinishiga (Original proshivka yoki mod proshivka) qarab o`zgaradi. Proshivka odatda 2 xil bo`ladi. Birinchisi o`zining Original proshivkasi, ikkinchisi mod proshivka. Original proshivka bu telefonni ilk bor sotib olganingizda qanday bo`lsa shunday holatga keladi. Bu "Mod proshivka” degani masalan telefonning ichki tuzulishi, menyusi, dsipleyi, ichidagi qo`shiq va rasmlari, ko`rinishi, shriftlari, proigrivatellari (masalan proigrivatel AIMP2 ga uzgaradi va shu proigrivatelning oz`ida 30 xil skinlari bo`ladi) o`zgaradi. Masalan ko`ring bu Nokia 2700 classic telefonining mod proshivka qilingani: Xo`sh proshivka qilishni boshlaymiz: 1. Proshivka qilishdan avval bizga kerakli bo`lgan telefonimizning proshivkasini (Sizga qanday telefonning proshivkasi kerak bo`lsa bemalol, tortinmay, shu mavzuning tagiga yozishingiz mumkun, va men iloji boricha sizlarga topib beraman) kompyuteringizga o`rnatasiz. (Rasmda ko`rsatilgan) 2. Kabelni kompyuterga ulaymiz! 3. "Phoenix” dasturiga kiramiz. 4. Keyin yuqoridagi menyulardan "File” ni bosamiz va ustunlardan "Open Product”ni tanlaymiz. 5. Undan so`ng ro`yhat chiqadi, biz ro`yhatdan o`zimizga kerakli telefonimizning proshivka markasini tanlaymiz (masalan Nokia 2700 classic niki "RM-561”). Diqqat!!! Esda tuting!!! Siz ham "RM-561” ni tanlamang har bir telefonning proshivka markasi har xil bo`ladi!!! 6. Undan so`ng menyudan "Flashing” ni bosamiz va ustunlardan "Firmware Update” ni tanlaymiz. 7. "…” uchta nuqta ni bosamiz unda bizning telefonimizning qanday proshivka kerakligini (yani rangi va tilni) tanlaymiz (Masalan Black bo`lsa qora White bo`lsa oq yoki Russian bo`lsa ruscha tilni English bo`lsa inglizchani). 8. Tanlab bo`lgandan so`ng shu yerdagi "Dead Phone USB Flashing” ga tug`ri belgisini quyamiz. 9. Undan so`ng "Refurbish” tugmasini bosamiz. Diqqat!!! Esda tuting!!! 9.1. "Refurbish” tugmasini bosgandan so`ng USB kabelni kompyuterdan sug`uramiz. 9.2. Telefondan batareykani olamiz. 9.3. USB kabelni kompyuterga ulaymiz. 9.4. Batareykani telefonga qo`yamiz. 9.5. Telefondagi yoqish tugmasini (kimdadur qizil tugma, kimdadur esa telefonning tepasida yoqgich tugmachasi bor, ana shuni bosamiz) bir ikki marta bosib quyib yuboramiz to kompyuter telni ko`rmaguncha. 9.6. Undan so`ng "OK” tugmachasini bosamiz, va Kompyuter telefonni ko`radi va proshivka qilishni davom etadi. 10. Undan so`ng 1% dan 100% gacha to`lishi kerak. 11. Va 100% to`lgandan so`ng 10 sekundan keyin "Product Flashing succeeded” yozuvi chiqadi va "Ok” tugmachasini bosasiz. 12. Undan so`ng USB kabelni kompyuterdan sug`urasiz va telefonni yoqasiz. DIQQAT ESDA TUTING!!! Agarda telefonni proshivka qilayotgan vaqtingiz svet o`chib qolsa yoki USB kabelni bilmay uzib yuborsangiz yoki kompyuteringiz o`chib qolsa XECH NIMA QILMAYDI, XAVOTIR OLMANG VA YANA PROSHIVKANI BOSHIDAN QILASIZ!!! Agarda Video qo`llanmasi kerak bo`lsa Mana ko`chirib oling va unga qarab turib siz ham huddi shunday qiling. Hammaga OMAD!!! Mana Hammasi shulardan iborat. Agarda chindan ham sizda o`xshamasa mana E-mail: Salimbek_09@mail.ru ga bemalol murojaat qilishingiz mumkun, qo`limdan kelganicha yordam beraman. | |
Просмотров: 4279 | |
Всего комментариев: 0 | |