Главная » Статьи » Dunyo yangilikari

Kosta-Rikada ikkita kuchli zilzila ro'y berdi.
Kosta-Rikada ikkita kuchli zilzila ro'y berdi


Kosta-Rikada ikkita kuchli zilzila ro'y berdi


Kosta-Rika qirg'oqbo'yida 4 daqiqa farqi bilan 5,0 va 4,9 balli ikkita zilzila ro'y berdi. Zilzila markazi poytaxt San-Xose shahridan 95 kilometr uzoqliklagi janubiy kenglikda, 34 va 37 kilometr chuqurlikda qayd etilgan. AQSh geologiya xizmati (USGS) saytining xabar berishicha qurbonlar va vayronalar haqida ma'lumot yo'q. Yer osti silkinishlari kecha kechki payt, Toshkent vaqti bilan soat 22.16 va 22.20 da kuzatilgan. 
Kosta-Rika Markaziy Amerikaning seysmik faol qismida joylashgan bo'lib, bu yerda tez-tez Yer silkinishlari kuzatiladi. Shu yilning 5 sentyabrida ham 7,6 balli kuchli zilzila ro'y bergandi.
2009 yilning yanvarida sodir bo'lgan 6,1 balli silkinish katta talofatlar keltirgan edi. O'shanda zilzila epimarkazi poytaxtdan bor-yo'g'i 35 kilometr uzoqlikda qayd etilgandi. Tabiiy ofat natijasida 34 kishi qurbon bo'lgan, o'nlab odamlar bedarak yo'qolgan. 518 turar joy butunlay vayron bo'lgan, 26 kilometr uzunlikdagi yul va 8 ta ko'prik yaroqsiz holga kelgan.
Категория: Dunyo yangilikari | Добавил: AFmedia (16.12.2012)
Просмотров: 1485 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]