Главная » Статьи » Dunyo yangilikari |
"Gangnam Style" raqsi britaniyalikning o'limiga sabab bo'ldi
"Gangnam Style" raqsi britaniyalikning o'limiga sabab bo'ldi " Kelinlar qo'zg'oloni" badiiy filmida kelinlarning uyda yolg'iz qolganidan foydalanib, zamonaviy musiqaga raqsga tushish sahnasi bor. Quloqsiz kelinlarning qilmishidan xabar topgan Farmonbibi ularni yana raqsga tushishga majbur qiladi. Biroq, haddan ziyod uzoq va yoshiga yarashmagan raqsga tushgan kelinlar bir zum o'tib holdan toyishadi va qaynonadan uzr so'rashadi. Shunda oqila Farmonbibi ko'rpaga qarab oyoq uzatish kerakligini aytib, kelinlarini yo'ldan urgan Nigorani kenja o'g'liga olib berganidan qattiq afsus qiladi. Britaniyada ro'y bergan voqeani ham huddi shunga qiyoslash mumkin. Biroq uning oqibati kelinlarnikidan ancha og'ir bo'ldi. 46 yoshli Britaniyalik Imonn Kilbrayd tungi klubda "Gangnam Style" raqsini ijro etib, bu olamdan ko'z yumdi. Lankashire klubida ro'y bergan ushbu baxtsiz voqeaga erkakning kuchli jismoniy zo'riqish tufayli ro'y yuragi huruj qilib qolgani sabab bo'ldi.
Kilbraydning beva qolgan rafiqasi o'sha kuni erining Janubiy koreyalik reper "Psy"ga o'xshab raqs tushishga uringanini aytadi. "U sahnada haddan ziyod uzoq raqs tushdi va holdan toyib ko'krak qafasi qattiq og'riyotganini aytdi va yerga yiqilib shu zahoti vafot etdi". Shifokorlar uning o'limiga sabab bo'lgan boshqa biron jiddiy xavfni topa olmadilar. Ularning taxminicha, Kilbraydning o'limiga kuchini to'g'ri taqsimlay olmagani va haddan ziyod ko'p harakat qilib yuborgani sabab bo'lgan. Kardiolog shifokori Bernard Kivnining aytishicha, o'rta yoshli erkaklar uchun haddan ziyod jismoniy zo'riqish o'limga olib kelishi mumkin. Shu bois, mutaxassislar "Gangnam Style" raqsini ijro etishda ehtiyot bo'lishni, ayniqsa jismoniy tarbiya bilan shug'ullanmaydigan odamlarga klipdagi barcha harakatlarni ham ijro etavermaslikni maslahat berishmoqda. "Hamma raqsning ham ohiri shunday tugaydi demoqchi emasmiz. Ammo har qanday faollikda ham me'yor borligini unutmaslik kerak”, - deydi shifokor. YouTube tarmog'iga joylashtirilgan "Gangnam Style" klipi bu yil katta shuhrat qozongan videokliplardan biriga aylandi, uni ijro etgan ijodkor esa "Time" jurnali o'tkazayotgan "Yili kishisi" so'rovida Barak Obamani ancha orqada qoldirib ketmoqda. Hozirga kelib uning videoklipini tomosha qilganlar soni deyarli milliard kishini tashkil qildi. Nigora kelin kabi "PSY"ning raqsi ham uning o'ziga yarashar, lekin qurbonliklarga sabab bo'ladigan san'atni san'at deb, bo'larmikan... | |
Просмотров: 1580 | |
Всего комментариев: 0 | |