Главная » Статьи » Sevgi she'rlari |
Seni topolmayin, yo'ldan adashdim.
Sevgilim, umidlar bahorga o'xshar, Ko'ngil noma'lum bir diyorga o'xshar, Orzular eng yoman ag'yorga o'xshar, Ul ag'yor orzular qurboni bo'ldim. Toshqin daryo edim, quridi suvim, Jo'shqin irmoq edim, yo'qotdim yo'lim, Sel bo'ldim, sahroga sochilib ketdim, Va oxir ko'lmakka aylanib qoldim. Yo`llardan oshdim, shaxarlardan oshdim, Xayollarim uchdi, manzilga shoshdim, Seni topolmayin, yo'ldan adashdim, Daydi fursatlarning mahzuni bo'ldim. Dedilarki, unut, barchasi kechar, Kimdir zahar, kimdir sharbatdan ichar, Inson qismatida borini bichar, Borimni shamolga sovurib bo'ldimmi?. | |
Просмотров: 1140 | |
Всего комментариев: 0 | |