Главная » Статьи » Sevgi she'rlari

Ex sevgi sevgi.
Ba'zida inson yaqinlari u-n
har qanaqangi jasoratga
qodir böladi... Arab
mamlakatlarining birida bir
er-xotin faqirona hayot
kechirishardi. Garchi
moliyaviy imkoniyatlari
cheklangan bölsada, ular
baxtli va shirin
umrguzaronlik qilishardi.
Chunki ular bir-birlarini
sevishardi va buning u-n
doim Ollohga shukr qilib
yashashardi. Lekin bir kuni
xotin og'ir bir dardga
chalinib qoldi. Doktorlar
tezlikda operatsiya qilish
kerakligini aytishdi. Ammo
xususiy shifoxonaga tölash
u-n bunaqa katta
miqdordagi pul ularning
jamg'armalarida yöq edi.
Xotin buni yaxshi bilardi va
u erining siqilmasligi u-n
operatsiyaga rozi emasman
deb turib oldi. Xotinining
og'riqlarga chidab, özini bu
darajada tuta olishini
kuzatarkan, er battar
siqilardi. Chunki u xotinini
öz hayoti deb bilardi. Ayni
damda u xotini albatta
davolanishi lozimligini teran
anglab turardi. Bir necha
kun ötib xotinning ahvoli
og'irlawa boshladi. Er esa
najot axtarardi. Bir kuni er
xursand holda uyga kirib
keldi. U operatsiya puli
tölanganini aytgach, xotin
erining közlariga öychan
termuldi. U qanday qilib
buncha pulni topganligini
söradi. Er kredit olganligini,
ishlab foizi b-n qaytarishini,
hozir eng muhimi uning
sog'ligi ekanligini aytdi...
Xullas operatsiya yaxshi
ötdi. Xotin tezda sog'ayib
ketdi. Lekin keyin er birdan
g'oyib böldi. Bir marta tel
qilib tez kunda kelishini
aytdi. Xotin eridan xavotir
qilardi. Har kuni uni intiqib
kutardi. Bir oylar ötgach er
qaytib keldi. Juda ozib,
xarob ahvolga tushib
qolgandi. U mahzun holda
xotiniga ancha vaqt tikilib
ötirdi, xotin esa tinmay
savol berardi. Er savollarga
javob ham bermay uxlab
qoldi. Kechroq xotin uning
egnidagi kiyimlarini
yecharkan erining
tanasidagi yangi katta
chandiqqa közi tushdi.
Kechagina erining kiyimlari
orasidan topib olgan
donorlar haqidagi qog'ozlar
haqida öyladiyu nima
bölganligini tushunib,
yig'lab yubordi. Ha, eri pul
topish u-n öz buyragini
noqonuniy ravishda
vositachilarga sotib
yuborgandi..
Ramazon oyi örtalari.
Rözador cholning ög'li mast
holatda uyiga keldi. Özini
bilmaydigan darajada
ichgandi. Buning ta'sirida
aljirab, uyda janjal-töpalon
kötardi. Uydagilar uni
töxtata olmasdi. Ög'ilar
qöying deya unga
yalinishardi. Lekin u kayfi
ortgan sari battar jazavaga
tushardi. U hamma narsani
sindira boshladi. Uyda chol
yöq edi. Janjal tobora
kuchayib qöni-qöshni
eshitadigan darajaga bordi.
Iftorlikdan qaytgan otaxon
ög'lini bunday ahvolda körib
jahli chiqdi. Avvaliga
tushuntirdi. Battar böldi.
Nihoyat ota mast ög'liga
tarsaki tushurdi. Quturgan
ög'il otani oyog'i b-n tepdi.
Ota noqulay yiqildi. Natijada
ikki qovurg'asi sindi.
Kasalxonada yotib chiqdi.
Ota öta ranjidi. Lekin hech
kimga hech narsa demadi.
Keyin hammasi unut böldi.
Oradan 40 kun ötdi. Ög'il
yana ichib mast holda uyiga
keldi. Bu safar chol
aralashmadi. Uning ög'illari
bor edi. Kenja ög'lining jahli
tezroq edi va mast otasiga
qattiqroq gapirib eshikni
qarsillatib yopib chiqib
ketdi. Uni sökib, ortidan
chiqqan mast ota zinada
oyog'i toyib ketdi va yiqildi.
Noqulay yiqilgan ekan,
uning ham qovurg'asi sindi.
Eng ajablanarlisi 40 kun
oldin otaxonning qaysi
qovurg'asi singan bölsa,
uning ham xuddi shu
qovurg'asi singan edi.
Kamiga oyog'i ham
suyakning nozikroq
qismidan singan ekan. Ösha
odamning oyog'i notög'ri
gipslanganmi, yoki boshqa
sababmi jarohat
gangrenaga olib keldi. Bir
vaqtlar öz otasini tepgan
johil oyoqlarni kesib
tashlashdi. Ehtimol qaytar
dunyo deganlari shudir... Bu
chindan yuz bergan voqea.
Ösha ög'ilga balkim bu
azoblar qilgan gunohlari
uchun berilgandir. Lekin
uning bu gunohi uchun eng
oliy jazoni u dunyoda
oxiratga qadar körishiga
hech kim shubha qilmasa
kerak. Lekin nahotki bunaqa
pastkash, nomard odamlar
tufayli otaga qöl kötarish u
yoqda tursin, uning köziga
tik boqishga botina
olmaydigan ÖZBEK degan
xalqning pok nomi uyatga
qolsa... Afsus...
Категория: Sevgi she'rlari | Добавил: Shaxzod4ik (06.08.2012)
Просмотров: 1371 | Рейтинг: 1.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]