Главная » Статьи » Sevgi she'rlari

"Armon Alamim" (She'r)
" Armon Alamim"



Men sizni sevardim yagona sizni,

Siz bilan bir edi qayg'um quvonchim.

Yoddan chiqmas u kun ayirdi bizni,

Sevgimning iqboli so'ndi va hech kim

Undan so'ng qalbimga kira olmadi,

Qaalbim ham hech kimga quloq solmadi...

O'sha kun ostonangiz bosdim so'nggi bor,

So'nggi bor ekanin bila olmadim,

Men umrim ko'tarib bordim intizor,

Ne uchun o'sha kun shunday qolmadim,

Balki ostonangiz ko'zga surardim.

Balki shu lahzadan baxtli bo'lardim...

Kunlarim g'urbatta , baxtli har onim

Endi Siz bilan qolib ketgandir

Men bilan quruq tan, bu xissiz jonim,

Ishim, sevgim kulgingiz olib ketgandir.

Kulgingizda ketti mening olamim,

Qaydan topay sizni - Armon, Alamim....
Категория: Sevgi she'rlari | Добавил: Shaxzod4ik (01.07.2012)
Просмотров: 1905 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]