Главная » Статьи » Hikoyalar

Oltin kuz
http://image.uzdc.uz/pictures/016e22f19d7cf3fb52e467cf55e38088.jpg


Yana xayolan sen tomon ketyabman , ketyabman-u go’yo hozir sen yo’limdan chiqasan , Yarim tun men esa yo’lda ketyabman atrof huddi suv quygandek jim-jit , sukunat ohista ko’zlarim seni izlaydi yon atrofga boqaman sog’inch ila balki ko’rarman , asta kimriklar namlanar , dilda esa alamlar yana isyon ko’tarar ,ketaman-u daraxtdan to’kilgan sarg’ish barglarga ko’zim tushadi . qara o’sha oltin kuz yana keldi bu manzarani biz bir vaqtlar sen bilan kuzatgan edik yerga to’kilgan bu sarg’ish hazonlarni biz sen bilan birga bosib o’tardik man kuz xam keldi , barglar xam yerga to’kildi biroq sen kelmading ….
Samo to’la yulduzlar yana yorug’ oy savol beraman ”buncha dardli boqmaang ey oy Yulduzlar nega yana armondan so’z ochasiz Tun ayt nega yana meni qalbim tig’laysan nega yana g’am-g’ussani esga soldirib dilim tig’laysan nima keragi bor , ne uchun meni buncha qiynaysan ayt? Aybimmi sevganim 
Mana o’sha oltin kuz keldi lekin sen kelmading …
Sen ketding-u,kuz ham keldi, 
Keldi faslim dil so’roqlab. 
Qalbda sovuq shamol eldi 
Ketganing sezgach yiroqlab. 
Endi unga qanday aytay, 
Bir umrga armonliging . 
Tuyg’u qolib muhabbatday, 
O’zga dardga darmonliging. 
Dilimni so’rma ,ey kuzim, 
Endi unga davo yo’qdir. 
Alvidodir aytar so’zim , 
Yurak esa kuygan cho’g’dir. 
Kuz ham kechikdi birozga , 
Xuddi ko’nglim kechikkanday. 
Dardim bitib shu qog’ozga , 
Sensiz qalbim ichikkanday. 
Har gal kuz fasli kelganda , 
Bog’lar uzra xazon to’lar. 
Sovuq shamollar elganda , 
Seni yana ko’rgim kelar. 
Kuz tugagach qish boshlanar, 
Muzlab qolar tiniq anhor. 
Gumonlardan dil gashlanar: 
"Qalbimga qaytarmu bahor?” 
Oltin yaproqlar shivirlar , 
Ishqim senga izhor etib. 
Kuz kelganda o’tib yillar , 
Meni ham qo’ygin yod etib. 
Yog’ar yomg’ir endi tinmay, 
Yuvmoq bo’lib qalbimdan muz. 
Muhabbat-la uchrashtirgan, 
Bahorimda 
Kechikkan Kuz!
Категория: Hikoyalar | Добавил: Shaxzod4ik (14.10.2012)
Просмотров: 1948 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]