O”sha paytlari,bilmadim ustoz deyishga arziydimi yo’qmi..? Ustoz…Bu tushunchalar,umuman ustoz degan so’z men uchun ulug’vorlik,yohud qandaydir najotkorlik hissini singdirgan bo’lsamda..Ustozimning bu xatti xarakati bunday ulug’ nomga nomunosib ekanligini bilgandim.. Ko’zim tinib..xushimdan ketdim chog’i..Ustozimning zarbalaridan paydo bo’layotgan og’riqlar yo’qoldi..uyog’ini eslolmayman… Ko’zimni ochganimda esa stadionchaning o’rtasida yotar edim.. Alam qildi.. Yo’q..yo’q..! Uning meni urgani,hammani oldida kamsitgani emas..Balki Ustoz degan ulug’ zot…xato odamiylik yuzasidan bo’lsa ham,xatto maydon chetiga-da olib chiqishga qodir bo’lmaganligi..aynan shu narsa menga juda alam qilgan edi… Balkim men bir fohishaning xaromi bolasidirman..ammo men ham unga o’xshagan bir inson edim-ku..!?Naxotki uning xam farzandini kimdir xuddi shu kuyga solganida 2 og’iz gapirmagan bo’lardi… Aynan shu savollar miyamga o’rnashib qolgan edi… Xo’rligim kelib yig’ladim..Onamning oldida yig’lamaganman..Ba’zi xollarda onam yig’laganini ko’p ko’rganman..Juda ko’p bora… Ammo men hecham ko’zimdagi yoshimni onamga ko’rsatmaganman..Or deb bilardim yig’ini erkak kishi uchun…! Lekin bugun yig’ladim..Alamdan qichqirib,tomog’im yirtilib ketay deguncha yig’ladim.. Taqdirimning beshavqatligidan,meni dunyoga keltirgan otaning benomusligidan qaqshab yig’ladim.. Yig’idan shishib ketgan ko’zlarimni artib..Uyga yo’l oldim.. Onam xali qaytmagan ekan..Yarim kechasi kelishiga ko’nikib qolganman..Stol usidan non olib yedim..Qornimni to’yg’azib bo’lganimdan so’ng esa..Uyning mayda chuyda yumushlarini bajarishga kirishdim..Xali zamon onam kelishiga ovqat qilib qo’yishim lozim edi.. Barcha ishlarni sarishtalab bo’lgach esa televezorni yoqdim.. Qandaydir o’yin,yoki shouni ko’rsatishardi..Ota va ona farzandlari bilan birgalikda musobaqa.. Biroz ko’rdimda ensam qotib ketib televezorni o’chirdim..Onamni kuta boshladim.. Ko’zim ilinibdi…Eshikni oxista ochilib yopilganini sezdim shekilli,ko’zimni ochib qarasam narigi xonada kimdir go’ng’ir-g’ong’ir ,qilib past ovozda gaplashib,kulishardi… Quloq soldim.. -Iyaaaa,jonidan endi noz qilavermasdan..akangini bag’riga kelingchi..dedi noma’lum ovoz egasi.. -Vuyyyy.sho’xlik qilmangaaaa..o’g’lim uyg’onib qolsa,naq uyni boshiga ko’taradi. -Nima qilibdi,yosh bola bo’lsa nimani aqliga yetardi.. -Bilmabsizda buni,xuddi otasini o’zi-ya..!Birovni oldimda ko’rsa naq,to’polon qiladi..Yaramas bola..rashki juda yomon..Ablax otasiyam shunaqa edi.. -Xaaaa,endi bu birinchisi emas-ku asaaaal… -Shoshmang,ichishga birorni nima olib kelay… Shu vaqt onam yurib eshik tomonga kela boshladi..men ulgurolmadim o’zimni olib qochishga… U meni ko’rdi.. -Xaaa..zumrasha..!nima qilayapsan..?gap poylaydigan bo’ldingmi xali..?! -Yo’q..oyijon..gap poylaganim yo’q…dedim qo’rqa pisa.. -Bo’ldi..jonimga tegib ketding..narigi xonaga o’tib uxla dedi.. Shu vaqt ichkaridagi odam chiqib qoldi.. -Iyaaa,yahshi bola nima qilayapsan bu yerda,,tur joyingga uxlasang,senga pul beraman..Keyin kompyuter o’ynagani borasan,deb cho’ntagidan ikkita mingtalikni chiqardi.. Qo’lidagi mingtalikni yulib olib,yuziga otdim.. -Mengga sening pullaring kerak emas..ket uyimizdan… dedim qichqirib.. Onamning tarsakisi yuzimga tushdi.. -Itvachcha,sen xaromini boqayotganimga shukr qil..tushundingmi..Meni xayotimga aralashma uqdingmi..!?Agar yana bir marta shunaqa qiladigan bo’lsang..deddomga olib borib tashlayman.. Men alamdan xiqqilagan kuyi,uchkari uyga kirib ketdim… Tun yarmigacha uyqum kelmadi..Qo’shni xonadan onamning erkalangan ovozi bilan,notanish kishing hirs bilan gapirgan gaplari yaqqol eshitilib turar edi.. Shu darajada o’sha payt meni,nomus tuyg'usi otashida yondirar edi-ki..!yostiqni uchini tishlab olgancha.. -Katta odam,bo’lsam..xammasini yo’q qilaman..Xammasidan qasos olaman derdim… Balkim,o’sha vaqtlari menning jajji vujudimda..Nafratning ilk kurtaklari quloch ochayotgan bo’lsa ne ajab…! DAVOMI BOR...
|