Главная » Статьи » Hikoyalar

7 Qabr (Hikoya)
7 Qabr

- Borasan, har bir erkak umrida yettita qabr kavlashi kerak! – dedi otam jahl bilan. Qo`rqaman , deb yursang, yuraverasanda. Nimasidan qo`rqasan? O`ra kavlagansan-ku? Qabr ham o`raning o`zi, tur ketmonni olda jo`na! Fattohqul birga boradi, o`rgatadi hammasini.
Noiloj, ketmonni olib, yo`lga tushdim. Qayerda yozilgan ekan, <<yettita qabr kavlash shart >>deb? Fattoh aka, Umarqul aka va amakimning o`g`li Azamatlar meni kutib turishgan ekan. Ikkalamizning ko`zimizda bir hil ma`no uqish mumkin edi: <<Sen ham keldingmi?>>
Fattoh aka Qur`on tilovat qilgach, qabrning o`rnini belgiladi. Bo`yiga ikki metr, eniga ikki mert joyni qadamlab:
- Shu yerni yelkadan qilib kavlanglar! – dedi.
Angrayib turganimizni ko`rgan Umarqul aka ketmonni olib kavlay boshladi. Men ham ketmonni oldim. Ikki soatlarda aytilgan chuqurni kavladik.
- Bo`ldi, ayvon bitdi. Baxtlaringa Mulla boboning qabrlari yumshoq chiqdi. Bir xillarning qabrinikirka, misran bilan kavlaganmiz, - dedi Fattohqul aka. – Yuringlar choy ichamiz, keyin lahadni kavlashni boshlaymiz.
O`likxonadan keltirib berishgan choynak va tugunni ko`tarib, qabristondan tashqariga chiqdik.
- Qabristonda ovqat yeb bo`lmaydi, - dedi Fattohqul aka. – Mulla bobo shunaqa derdi.
- Mulla bobo zo`r odam edi, - dedi Umarkul aka, - Joyi jannatdan bo`lsin!
- <<Kim dunyoda bir masjidning qurilishida qatnashib, qaldirg`och uyasidek joyga qo`li tegsa, Alloh unga jannatdan qasr bino etib qo`yar ekan>>, degan hadisni ko`p aytardi mulla bobo. O`zlari butun boshli bir jannatni tikladi. Jannati bo`ldilar!
Ishni qiyini lahadni kavlash ekan. Oldin Umarqul aka ayvonni qiblaga qaragan devori tubining o`rtasidan biro dam kiradigan qilib, doira shaklida chuqur kavladi. Keyin o`sha chuqurga Fattohqul aka tushdi va ketmoncha bilan biro dam bemalol yotadigan uzunlikda, egilib o`tiradigan balandlikda lahadni kavlay boshladi. Umarqul aka fattohqul aka kavlagan tuproqni ayvonga tortib olar, men tashqariga otar edim. Azamat men otgan tuproqlarni bir tekis qilib yoyardi.
- Bir gapni aytsam ishonmaysizlar, - dedi tashqariga chiqqan Fattohqul aka. – Lahadning ichi yorishib ketdi.
Birinchi bo`lib Umarqul aka sakrab tushib, lahadni ichiga qaradi.
- E-e! Yuzlab qabr kavlaganman, bunaqa yorug` lahad ko`rmaganman, - dedi va hayqirib yubordi: - Allohu akbar!
- Allohu akbar! – qaytardi Fattohqul aka ham.
Azamat ikkalamiz ham ichkariga kirdik. Laxadning ichi tashqaridek yorug’ xuddi kechasi sutdek yonib turadigon chiroqlaryo’qib qo’yilgandek edi. Janoza namozi peshin namozidan keyin o’qiladi. Qabrni kavlab, tayyor qilganimizdaxali peshinga bir soatcha bor edi.
-Bittang borib, xabar qil!-dedi Fottoxqul aka.
-Bu yerda bo’lgan voqeni odamlar bilsin. Men qishloqqa borib, ko’rganlarimni otamga aytdim. Hademay qabristonni odam bosibketdi. Eshitgan borki, kelib, lahadni tomosha qilardi. Mayitni ham olib kelishdi. Mulla boboni charog’on laxadga qo’yishdi. "Taborak” tilovat qilingach kimdir baland ovozda so’radi:
-Birodarlar! Mulla bobo qanday odam edi?
-Yaxshi odam edi, jannati oadm edi,-degan ovozlar eshtildi.
Qabristondan chiqayotin otamning yig’layotganini ko’rdim. Ancha vaqt indamay borgan otam qolini yelkamgaqoydi:
-sen bo’lsan qabr kavlashdan qo’rqaman , deysan.
2
Qori bobo o’lganda qabr kavlomoqchi bo’lganlar talashib, urishibketayozdi.
-Rajab bilan Azamat boradi. Ular bittadan qabr kavlashadi, yana oltita qabr kavlashlari kerak. Kattalardan Fattoqul bilan Roxmonqul boradi, dedi otam uzil-kesil qilib. Ammo talabgorlar va qororidan norozi bo’lib turganlarning ko’pligini ko’rib otam qo’shib qo’ydi. –To’xtaning o’’li janjal qilma senam bor!
Doimgidek tort kisi emas besh kishi bo’lib jo’nadik. Qabr kavlash bekorga talash bo’lmagan ekan. Bugungi ko’rgan mo’zijamiz oldingisidan ziyoda bo’ldi. Laxad o’z-o’zidan yorishmadi, ikki yoritkich qabrni yoritib turdi. Qabrni tayyor bo’lganda xar birimiz bu iiki chiroqni rosa tomosha qildik. Chiroq ham deb bo’lmasdi ularni, ikki nuqta desak to’g’ri bo’ladi. Anashu ikki nuqta laxadning u boshidan boshiga o’tib, bir-biri bilan joy almashib o’ynar, laxad ichi projektorchalarga o’xshab kertardi.
Roxmonqul aka mulla odam edi, ko’p yig’ladi. "Qori bobo olim odam edi, Qur’onni o’rgatar edi, Xadis ikkisi nur bo’lib u kishini kutib olyapti” deb yig’ladi. Qori bobonig go’riga Qori bobodan oldin Jalasoyning erkagibittasi han qolmay kirib chiqishdi Kirgan odam bu mo’zijani ko’rib yig’lab chiqar edi. Otam ham yig’lab chiqdi. Chiqib baland ovozda takbir qytdi va qishloqdoshlarga murojat qildi:
-o’v birodarlar! Qaysing olmay turib jannatligingni bilay desang , qaysing go’rimda nur o’ynasin desang Qori bobo qilgan ishni qil! Qori boboning janozasidan keyin masjidimizga odam sig’may qoladigan ayvonda, hovlida ham o’qiladigon bo’ldi.
3
Qori bobo o’lgandan olti oy o’tib, yeti qabr kavlash esimdan ham chiqib ketayozganda, Tolib o’rtog’imning otasi Ravshan aka o’ldi. Fottoxqul aka men bormayman " ohalab so’kkan meni” debdi. Abduvalli aka ham bormayman , degan edi, otamning jahli chiqdi.
-Ravshan qaysimizni so’kmagan? Dedi otam qizishib . –"So`kardi” deb yuvmasak, ko’mmasak, buni bolalari uyda olib o’tirsinmi? Borasan! Bolalarga ko’rsatib tursang bo;ldi, o’zlari kavlaydi. Ravshan nima bo’lsayam ,qishlog’imizning odami, o’ligi ko’chada qolmaydi.
Abdulla aka boradigon bo’ldi. Sunnat aka ham bizga qo’shildi.
Qish yaqinlashib qolgani, havo sovuqligidanmi, ishqilib, qabr kavlanadigon yer qattiq chiqdi. Boshqa yerdan kavlab ko’rdik, foydasi bo’lmadi. Ayvonini kavlashga kirka islatdik. Laxadni kavlashga kalta misdan ishlatdik. Ana shunda fottoxqul akaning birinchi qabr kavlashga borganimdagi gapi esimga tushdi " Bir xillarning qabrini kirkayu misran bilan kavlar edik” Marhumni olib krlishganda xah hali laxad tayyor emasdi. Tobutni ko’tarib kelganlar qabristonda biror soatcha turib qolishdi. Iloji bo’lmasa, biz ham nima qilaylik, ichkaridan toshlarni bo’laklab chiqaryotganimizni ko’rib turgan kattalar ham bir so’z demay kutib turishdi.
-Juda hayallading, o’g’lim, -dedi ayvon tepasiga kelgan otam
Men laxad kavlayotgan edim boshimni chiqarib otamni imladim. Otam tushib laxadga bosh suqduyu” Astag’firullox” deb yubotdi. Keyin sekin qulog’imga shivirladi "birovga aytmanglar!”
Qop- qorongi laxadning ichi chidab bo’lmaydigan darajada badbo’y edi.
Kirkayu misranlarni yig`ishtirib qo`yib, ketmoqchi bo`layotgandim, yangi qabr oldida tiz cho`kib turgan Tolibga ko`zim tushdi. Yoniga bordim.
- Hammasini eshitdim, Azamat aytdi jo`ra, - dedi Tolib hafa bo`lib. Otam o`zi…yomon so`kar edi. E-e, nima deb so`kkanlarini birovga aytib bo`lmaydi. Onamni ,,qizingni…” deb so`kardi. Mulla boboniyam so`kkandi. Mulla bobo "so`kmang, Ravshanboy, Allohning qahri keladi” deganda "E, Hudoniyam…” deb so`kkan-da.
- Astag`firulloh! – deb yubordim men ham.

Manba:MegaMedia.uz
Категория: Hikoyalar | Добавил: Shaxzod4ik (04.07.2012)
Просмотров: 1273 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]