Главная » Статьи » Qiziqarli ma'lumotlar |
"MTS"GA SODIQ ABONENTLARGA XUShXABAR: KOMPANIYa YaNGI YIL OLDIDAN YaNA QAYTIShI...MUMKIN!
O’zbekiston oliy xo’jalik sudi "MTS-O’zbekiston” bo’yicha ishini "Uzdunrobita” 3 menejerining jinoiy sudi qarorining kuchga kirguniga qadar to’xtadi. Toshkent shahar jinoiy sudi kompaniya moliyaviy ahvoliga zarar keltirgan 3 menejeriga hukm chiqardi. Prostessual normalarga muvofiq, jinoiy ish bo’yicha hukm 10 kun ichida kuchga kiradi. Sud qaroriga nisbatan appelyastiya berilsa, hukm bir oy davomida qayta ko’rib chiqiladi. Bu "MTS” kassastiyasi bo’yicha beshinchi majlisdir. Oldingi uchtasi - 9, 16, 30 oktyabrva 13 noyabrda xo’jalik sudi ish holatini qo’shimcha ravishda o’rganishqarorini qo’lladi. Ta’kidlash joizki, "MTS-O’zbekiston” 14-15 noyabr kunlari o’z texnik jihozlarida sinov o’tkazdi. Ushbu ma’lumotlardan kelib chiqib, ayrim manbalar nufuzli kompaniyaning Yangi yil arafasida yana yurtimiz bozoriga qaytishi haqida ijobiy tahlillarni ilgari surmoqda. Agar, faraz ishonchli bo’lsa, "mts”chilar uchun bundan ortiq xushxabar yo’q! Shahar bedarvoz emasligini, umuman olganda, kompaniya rahbariyati "tuxum” sinib ketmasligi uchun uni asrab-avaylash borasida anglash darsini yaxshilab uqqan bo’lishsa, nur ustiga a’lo nur! Qiziq, chorasizlikdan boshqa aloqa operatorlariga chopgan 9 000 000 dan ortiq abonentlarini "MTS” "tuxumi yangilangach” qanday yo’l bilan qaytarib olarkin?! Bunga hali erta...Fikrlashda kompaniya shioriga muvofiq, "bir qadam oldinga” o’tib ketdik, choғi...Yaxshisi kutamiz. Kuzatamiz. | |
Просмотров: 1076 | |
Всего комментариев: 0 | |