Главная » Статьи » Qiziqarli ma'lumotlar

O'qing faqat yeg'laman.

5 - oktabr.
 Men bugun yaraldim! Lekin ota-onam hali bundan bexabar. Men juda kichkina, hatto olma urug'idan xam

kichikroqman. Nima bo'lganda ham men borman. Buni hech kim inkor qila olmaydi.
15-oktyabr. Biroz kattalashgan bo'lsam hamki, harakat qila oladigan ahvolda emasman. Onam yuragining shundoqqina tagida joylashib olganman.

22-oktyabr.

Og'zim shakllana boshladi. Bir yildan keyin men ham mazza qilib kuladigan bo'laman, tilga kiraman. Kim endi meni mavjud emas, deya oladi? Nonning ushog'i ham non-da, to'g'rimi?

27-oktyabr.

Bugun yuragim ura boshladi. Bundan keyin hayotimning oxirigacha dukillab turadi. Uni zavq-u shavqqa to'ldiraman hali.

12-noyabr.

Barmoq chiqara boshladim. Hali ular bilan sochimni tarayman, gullar teraman. Men sizga bir sirni ochay: men qiz bolaman...

20-noyabr.

Bugun
onam doktorga bordi. Borligimni bilib, rosa sevingan bo'lsangiz kerak-a,onajon! Yaqinda meni qo'lingizga olasiz, erkalatasiz...

13- dekabr.

Endi atrofga bemalol qarayapman, faqat qorong'u joydaman, xolos. Ammo baribir baxtiyorman, yaqinda dunyo yuzini ko'raman...

24-dekabr.

Onajon! Men juda sog'lom qizcha bo'laman. Tezroq dunyoga kelishni, bag'ringizda mazza qilib uxlashni xohlayman. 28-dekabr.
Onajonim doktor qabuliga keldi. Voy, nimalar deyapsiz, onajon?! Rizqni Alloh beradi-ku!

29-dekabr.

Eh... onajonim, nega tug'ilishimni
istamayapsiz? Nega jajji qo'llarim bilan yuzingizni silashimni, sizga erkalanishimni xohlamayapsiz? Afsus... Oh! Badanim og'riyapti! Juda qattiq og'riyapti. Meni qutqaring, onajon!... Onaa...joon...
Категория: Qiziqarli ma'lumotlar | Добавил: Shaxzod4ik (10.10.2012)
Просмотров: 919 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]