Главная » Статьи » Qiziqarli ma'lumotlar

2012 yilda dunyoda rekord darajada jurnalistlar halok bo'lgan
2012 yilda dunyoda rekord darajada jurnalistlar halok bo'lgan


IPI fikricha, bu jurnalistlarning aksariyati atayin o'ldirtirilgan.

O'tib borayotgan yilda o'z vazifasini o'tayotgan paytda 119 nafar jurnalist halok bo'lgan. 2012 yil bu son bo'yicha o'tgan yildan oshib tushdi. Bu ma'lumot Xalqaro matbuot institutining (International Press Institute, IPI) hisobotida chop etilgan. IPI o'z hisobotlarini 1997 yildan beri taqdim etadi.
Xalqaro institut bu hisobotga o'z vazifasini bajarayotgan paytda vafot etgan barcha jurnalistlarni kiritgan. Jurnalistlar uchun 2012 yilda eng xavfli mamlakat Suriya bo'ldi. Bu yerdagi mojarolarni yoritayotgan paytda 36 muxbir va boshqa OAV xodimlari halok bo'lgan. IPI fikriga qaraganda, bu jurnalistlarning ko'pchiligi atayin o'ldirtirilgan.
Jurnalistlar o'lim holati bo'yicha Somali ikkinchi o'rinni egalladi – bu yerda 16 nafar reporter halok bo'ldi. Eng xavfli hudud sifatida Yaqin Sharq hamda Afrika tan olindi, OAV xodimlari uchun eng xavfli deb IPI Meksika, Pokiston va Filippinni e'lon qilindi. Rossiya va MDH davlatlari hisobotda tilga olinmagan.
Xalqaro matbuot institutining ma'lumotlariga qaraganda, o'tgan yili butun dunyoda 82 nafar jurnalist halok bo'lgan, 2010 yilda esa 102 nafar. IPI hisobotlari Jurnalistlarni himoya qilish Qo'mitasinikidan farq qiladi (CPJ): ularning ma'lumotlariga qaraganda 2011 yilda 43 nafar jurnalist vafot etgan bo'lib, ularning asosiy qismi Pokistonda halok bo'lgan.
Категория: Qiziqarli ma'lumotlar | Добавил: Shaxzod4ik (23.11.2012)
Просмотров: 971 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]