Главная » Статьи » Shou biznes olami |
Ulug'bek Rahmatullayevni birinchi yubileyi: Yakkaxon konserti shouga aylanishi va'da qilinmoqda!
Ulug'bekka kutilmagan zafar olib kelgan "Bemor” hanuz ko'pchilikni xonanda ijodiga "bemor” qilmoqda. Xonandaning reytingi esa kun sayin oldinga chopmoqda. "Bunyodkor” stadionining ochilish marosimida Ulug'bekka bo'lgan minglab qo'shiq ixlosmandlarining mehri qay darajada ekanligini ko'rgandirsiz?! Xorijdan biron futbol yo pop-yulduzi chiqdimikan deb o'ylaysiz, olqishlardan! Rahmatullaev oktyabr so'nggidagi ikki kunlik yakkaxon konsertiga juda katta hozirlik ko'rmoqda. Bilasiz, sifatli dastur ancha mablag'ni tashkil etadi. "Istiqlol”da o'tkazilajak bu dastur qaysi jihatlari bilan diqqatga sazavor bo'lishi kutilmoqda? Rahmatullaev kuylagan xit qo'shiqlariga "desert” sifatida 6 ta tarona tortiq etiladi, mashhur hamkasblari bilan kuylangan duetlar guldastasi va konsertgacha sir qolinishi so'ralgan "syurpriz”lar. Buyog'ini so'rasangiz, Ulug'bekning birinchi yubileyi! 30 yoshgacha ijodda nimalarga erishdi yo yo'q, birgalikda muhokama qilamiz...Keling, yaxshisi u bilan birga quvonchli damlariga sherik bo'lamiz. Omad, "sevgi bobida omadi chopmagani”ni ham xitga aylantira olgan omadli xonanda! Jasur | |
Просмотров: 837 | |
Всего комментариев: 0 | |