Главная » Статьи » Shou biznes olami |
Jeyms Kemeron Avatar filmining yana ikkita qismini suratga oladi
![]() Jeyms Kemeron Avatar filmining yana ikkita qismini suratga oladi
Jeyms Kemeron "Avatar” filmining yana ikkita qismini 2013 yilning so'nggida suratga ola boshlaydi. Rejissyor bu ikki kartinaning stsenariysini keyingi yilning fevralidayoq qo'lga kiritishga umid qilmoqda. Kemeron bu haqda 28 noyabr kuni Vellingtonda bo'lib o'tgan Piter Jeksonning "Xobbit: Kutilmagan sayohat" filmi taqdimotida ma'lum qildi. Kemeron "Avatar"ning ushbu ikkita qismi haqida 2010 yilning oktyabrida e'lon qilgan edi. Ma'lumotlarga qaraganda, u ikkinchi va uchinchi qismlarni suratga olish jarayonida tanffus qilmaydi. Ushbu kartinalardakinematograf Pandoraning dengizlari va okeanlarini tadqiq qilishni rejalashtirgan. Ilk "Avatar" 2009 yilning dekabrida chiqqan. 237 million dollar byudjetli mazkur film, prokatlardan 2,7 milliard dollardan ko'proq mablag' to'plagan. Ayni damda "Avatar" eng kassabop filmlar ro'yxatida boshchilik qilmoqda. Ro'yxatning ikkinchi o'rnida 1997 yilda chiqqan "Titanik" joy olgan. | |
Просмотров: 1107 | |
Всего комментариев: 0 | |