Главная » Статьи » Shou biznes olami

Qoraqalpog'istonda o'zbek kinosi kunlari o'tkazildi
Qoraqalpog'istonda o'zbek kinosi kunlari o'tkazildi


O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 20 yilligi munosabati bilan Qoraqalpog'iston Respublikasida o'zbek kinosi kunlari o'tkazildi.Tadbir doirasida o'zbek va qoraqalpoq xalqlarining azaliy do'stligini tarannum etuvchi "Margiya” filmining taqdimoti bo'lib o'tdi. Mazkur filmni Muratboy Nizanov stsenariysi asosida taniqli rejissyorlar Bauatdin Boymuratov va Abduvohid G'aniev suratga olgan. 

Orolbo'yining go'zal tabiat manzaralari, Nukus shahrida istiqlol yillarida amalga oshirilgan keng ko'lamli bunyodkorlik ishlari filmda tajribali operator Asenboy Asqarov talqinida o'z ifodasini topgan.

– Filmda suratga tushgan o'zbek aktyorlari, ayniqsa, qoraqalpoq qizi obrazini yaratgan Shahzoda Matchanovaning ijrochilik mahoratini alohida ta'kidlashni istardim, – deydi jurnalist Muyassar Qobulova. – Qadriyatlarimizning boqiyligini aks ettirgan ushbu kartina Mustahkam oila yilida tomoshabinlar uchun ajoyib sovg'a bo'ldi.

O'zbek milliy kinosi kunlari doirasida tomoshabinlar bilan uchrashuvlar ham o'tkazildi, deya xabar beradi O'zbekiston Madaniyat va sport ishlari bo'yicha vazirligining matbuot xizmati.

Qoraqalpog'iston Respublikasida Nukus shaxrida film katta ekranlarga chiqdi yaqinda saytga ham qo`shiladi.

Категория: Shou biznes olami | Добавил: Shaxzod4ik (24.11.2012)
Просмотров: 1163 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]