Главная » Статьи » Foydali maslaxatlar |
"IDEAL" so'zining ma'nosi.
![]() Hayotdan va o‘zidan o‘zish uchun odam ideal qidiradi. O‘zishni istamagan odam o‘ziga o‘zi ideal bo‘lib ko‘rinadi. *** Kishilar ko‘pincha idealni o‘tmishdan qidiradilar, chunki tirik ideallar o‘zlarining qusurlari va illatlarini oshkor qiladi. *** Yetish mumkin bo‘lgan ideal oxirida o‘kinch uyg‘otadi. *** Hayotiy ideal topmay turib, o‘zingdan o‘zish aqldan osish alomatidir. Bunga Nisshe qismati misol. *** Tarix shirin o‘y va orzularga burkangan ideallar ko‘milgan qabristondir. *** Hayotiy idealiga qarab kishi ruhining nimaga mushtoqligini bilsa bo‘ladi. *** Idealimning hayotiy maqsadi mening ham hayotiy maqsadimdir. Lekin bu idealimning qismati, albatta, mening ham qismatim bo‘lishi zarurligini anglatmaydi. *** Umr bo‘yi bir idealga intilgan emas, balki butun umr ideallar izlab yashagan menda havas uyg‘otadi. *** Odam qalbi yetadigan idealga emas, yeta olmaydigan, ammo tinmay o‘ziga chorlaydigan idealga talpinadi. *** Farzandlariga ideal bo‘lgan otani uchratmadim; demak, gap yo otalarda ibratli fazilatlarning kamligida, yo farzandlarda ideal izlash istagining yo‘qligida. *** Odamni illatlardan xalos qilmoqchimisiz, unga ezgulikka chorlovchi ideallar bering! *** Hayotiy idealga qarab kishining qanday tarbiya ko‘rganini aytib bersa bo‘ladi. *** Ideal sig‘inishga emas, yaratib yashashga undasa, kishini illatlardan xalos etadi. *** Ideal sevgi ma’budasi emas, u goho suygan kishingdan voz kechishni talab qilishi mumkin. *** Ideal xalos qilishi mumkin, xarob ham. Ideal tanlash yostiqdosh tanlashdan og‘ir. *** Idealda muqaddaslashtirishga arzigulik nimadir bor, aks holda xalqlar Rabni ideal bilmasdi. *** Agar tiynatini yaxshilasa, odamning Ya’juj-Ma’jujni ideal tutgani ham xafvli emas. *** Idealga topinmaydilar, idealga talpinadilar. *** Ayol ideal qidirmaydi, u "ideal”larni tug‘adi. | |
Просмотров: 3545 | |
Всего комментариев: 0 | |