Главная » Статьи » Foydali maslaxatlar |
Ilk uchrashuvning MUMKIN va MUMKINMASlari
![]() Ilk uchrashuv odatda o’ta hayajonli kechadi (ammo bu ba’zan yigitning yoki qizning tajribasiga bog’liq). Qizarish, hajayonlanish, hech gapirmagan gaplarni gapirib yuborish yoki gapirishga gap topa olmaslik, hullas bir talay noqulay vaziyatlar, o'zbekcha qilib aytganda "qovun tushirish"lar birinchi uchrashuvga hos xislat. Qiziq, mana shunday noqulay vaziyatga tushmaslikning iloji bormikan? Ilk uchrashuvdan muvaffaqiyatli o'tib, yaxshi taasurot qoldirish siri nimada? Quyida berilgan birinchi uchrashuvning MUMKIN va MUMKINMASlari haqidagi misli ko’rilmagan tavsiyalar aynan siz uchun. Bu qoidalarga amal qilib, o’sha inson bilan ikkinchi bor uchrashuvga chiqishni qo’lga kirtsangiz, bizga tashakkur bildirish shart emas. Sizning muvaffaqiyatingizni olisdan bo'lsada his qilamiz. Tavsiyalar: 1 Hayollarga berilish MUMKINMAS! Har bir odamni birinchi uchrashuv oldidan hayajonlanishi tabiiy, lekin bunga real qarang. Birinchi uchrashuvdan ko’p narsa kutmang. Agar ilk uchrashuvdan kamroq narsa kutsangiz, uchrashuv kutganingizdan a’lo bo’lsa, bu sizga xaqiqiy tuhfa, bo’ladi buninng aksi bo’lsa, siz tushkunlikka tushib qolmaysiz. 2 Kutilmagan syurpriz qilish MUMKIN! Ilk uchrashuvda yaxshi taasurot qoldirishning yana bir yo’li, kutilmagan sovg’a tayyorlash. Masalan, qizlar uchun o’z qo’lingiz bilan tayyorlangan biror shirinlik, yoki ovqat. Yigitlar uchun esa, qo’shiq kuylash, gitara chalib berish. Bunday qahramonlik restoran yoki kinoda jim o’tirgandan ko’ra, bir biringizni yanada yaxshiroq o’rganishingizga imkon beradi. 3 Ortiqcha bo’yanish MUMKINMAS! Ilk uchrashuvda me’yordan ortiq bo’yanish, ko’zni turfa xil ranglarga bo’yash, qarama qarshi jins vakilida siz haqizda salbiy fikrlash imkonini beradi. Shu sababdan iloji boricha ilk uchrashuvga qora qalam va tush bilan kifoyalaning. YIgitlar esa soqol olishni unutmang. 4 Tish cho’pi olib yurishingiz MUMKIN! Kutilmagan vaziyatlar bo’lmasligiga hech kim kafolat bermaydi. Ayniqsa ovqatlangandan so’ng tishimiz bilan turli muammolar yuz berishi mumkin, shu sababdan yoningizda tish cho’pi, saqich bo’lishi shart. Ular sizni noqulay vaziyatga tushib qolishdan asraydi. 5 Ko’p gapirish MUMKINMAS! Uchrashuvni "shikoyatlar maydoni”ga aylantirmang. Kasal mushugingiz, badjahl boshlig’ingiz yoki bevafo do’stingiz haqida odamni yuragini siqadigan mavzularda gapirmang. Undan ko’ra, unga gapirish imkonini bering. Unga savollar bering va diqqat bilan tinglang. Aks holda, birinchi uchrashuvdanoq uni yo’qotasiz. 6 Yegingiz kelgan narsani buyurishingiz MUMKIN! Rostdan ham yegingiz kelgan bo’lsa, hech tortinmay buyurtma berishingiz mumkin. Faqat haddan ortiq yeyish yaxshimas, noqulayliklar olib keladi. Yaxshisi, oz-oz yegan ma’qul. 7 Ilk uchrashuvni psixoanaliz qilish MUMKINMAS. Ya’ni hayotingizda qarama-qarshi jinsga nisbatan (bunda umumilik tushuniladi) biror ko’ngilsiz holat yuz bergan bo’lsa, bundan ham shunaqa ko’ngilsizlik yoki salbiy tomonlarini qidirish, boshqalarga solishtirish mumkin emas. Borini boricha qabul qiling. 8 Yaqiningizdan yordam so’rashingiz MUMKIN! Ilk uchrashuv oldidan hayajonni yo’qotishda yordam berish uchun do’stlaringiz bilan suhbat qurishingiz mumkin. Ular sizga sizni qo’llab quvvatlovchi so’zlar aytishi, ilk uchrashuvda o’zingizga bo’lgan yanada oshishida yordam beradi. 9 Shaxsiy ma’lumotlarni so’rash MUMKINMAS! Birinchi uchrashuvda, qiz boladan "nechta farzand ko’rishni istaysan", deb so’rash, yoki yigit kichiga "necha pul oylik olasan", odatda yoningda qancha pul yuradi kabi savollarni berish mumkinmas. Bu kabi shaxsiy savollarni so’rashga yana imkon bo’ladi. 10 Birinchi qadamni tashlash MUMKIN! Agar siz uni ismini aytishni istasangiz, buni amalga oshiring. Sababi, ism - inson uchun dunyodagi eng yoqimli eshitiladigan narsa. BUni uyat deb hisoblamang. Uning qalbida sizga nisbatan iliqlik uyg’onadi. 11 Sobiq yigitingiz (qizingiz) haqida gapirish MUMKINMAS! Bu yaxshilikka olib kelmaydi. Siz yuraksiz, sovuqqon yoki bo’lmasa yengil tuyulishingiz mumkin. 12 O’zingizga qulay kiyinishingiz MUMKIN! O’zingizni qiyanb, baland poshna yoki oyog’ingizni qisadigan tufli, o’tirish va turishga noqulay kiyim kiyishdan o’zingizni ehtiyot qiling. Balki u kiyimlarda siz chiroyli va xushbichim ko’rinarsiz, ammo uchrashuv davomida siz qayerga borishingiz, qanchalik masofa bosishingiz - bu hali noma’lum. Shunday ekan, noqulay kiyim-kechakdan qoching | |
Просмотров: 1563 | |
Всего комментариев: 0 | |