Главная » Статьи » Foydali maslaxatlar |
Telefonda suhbatlashish odobi
![]() Inson hayotining turmush tarzi rivojlanib bormoqda. Telefon kundalik hayotimizning ajralmas qismiga aylangan. Biz har qanday ishimizni birgina qo’ngiroq bilan bitira olish imkoniyatiga egamiz. Bu bilan biz ham vaqtimizni, ham pulimizni tejaymiz. Ammo telefon orqali gaplashgan vaqtingiz qay holda gaplashasiz? Tadqiqotlarga ko`ra, tik turgan holda gaplashsangiz, ovozingizdagi ohang qat`iyroq bo`ladi. Agar o`tirgan holda gapirsangiz, ovozingiz yumshoqroq va muloyimroq chiqadi. Yotib gaplashsangiz juda qo’pol chiqadi. Demak, o'tirib gaplashgan afzalroq ekan. Telefonda gaplashishning bir nechta umumiy qoidalari bor. Bugun sizlar bilan shular haqida o’rtoqlashamiz. Muhim qoidalar: 1 Raqam terishdan avval o`ylab ko`rishingiz lozim. Soat necha bo’ldi? Telefon qilayotgan kishingizni bezovta qilib qo`ymasmikansiz? 2 Har qanday qo`ng`iroq salomlashish va tanishishdan boshlanadi, keyin gaplashishingiz kerak bo`lgan odamni chaqirib berishlarini iltimos qilasiz. 3 Suhbatni boshlashdan oldin, muhim ishdan qoldirmadimmi, deb so`rang. 4 Agar kimdir raqamni noto`g`ri terib sizga tushib qolsa, qo`pollik qilmay, mayinroq javob bering: "Kechirasiz, boshqa raqamga tushib qoldingiz”. Eslab qolish zarur bo`lgan shunday qoida bor: Hech qachon telefon qilayotgan insonga "Kim bu gapirayotgan?” deb so`ramang. Bu odobdan emas. 5 Telefonda gaplashayotgan vaqtda aloqa uzulib qolsa, o`sha odamga qayta qo`ng`iroq qiling. Noto`g`ri ulanib qolgan bo`lsa, gaplashishdan oldin qayerga qo`ng`iroq qilayotganligini aniqlab oling. Go`shakdan baqirib gapirmang – bu eshitishni yaxshilamaydi; yaxshisi shoshmasdan, so`zlarni aniq ifodalab gapiring. Gaplashayotganda qo`pol ham, o`ta muloyim ham bo`lmang. Uchrashuvga kelishib olayotganingizda, telefonda hamma savollarga javob bermang. Kimnidir telefonga chaqirib berishlarini so`rashsa, "Kim so`rayapti?” deb qiziqmang. Lekin rahbaringiz so`rasa, qanday joy bilan ulanayotganingiz, kim gapirayotgani, qayerdan v anima maqsadda qanday tanishtirish kerakligi haqida bilib olishingiz kerak. 6 Go`shakni ko`tarib qo`ymang. Yana qo`ng`iroq qilishlari mumkin. Yaxshisi, "20-30 daqiqadan keyin qo`ng`iroq qiling”, deb ayting. 7 O’rtog’ingiz bilan qo`ng`iroq qilishga kelishgan bo`lsangiz, va`dangizni bajaring. O`ta zarur ishingiz bo`lmasa, ishdagi odamga shaxsiy ishlar bilan qo`ng`iroq qilmang. Ish yuzasidan bo`lsa, bir necha daqiqaga qo`ng`iroq qilishingiz mumkin. 8 Ogohlantirmasdan turib, ertalab soat 8.00 gacha, kechqurun soat 21.00 dan keyin qo`ng`iroq qilmang. Telefoningiz oldida qayd daftarchasi va qalam turishi kerak. Nimanidir yozib olish zaruriyati tug`ilsa, bu narsalarni qidirib qolmasligingiz zarur. 9 O`ta muloyimlik ham odobdan emas. Shakarningham ozi yaxshi. Albatta, "marhamat qilib”, "rahmat” so`zlarini ishlatasiz, biroq uzoq so`rashib, boshni qotirmaganingiz ma`qul. 10 Agar notanish odamga qo`ng`iroq qilayotgan bo`lsangiz, albatta o`zingizni tanishtirib, bu raqamni sizga kim berganini ayting. G`arbda telefon orqali har qanday suhbat 3-5 daqiqadan ortiq davom etmasligi kerak, deb hisoblashadi. Bunga, hech bo`lmaganda, ish yuzasidan bo`layotgan suhbat jarayonida amal qiling. 11 Telefonda so`zlashayotganda tinglash qobiliyati juda muhim. Buni esdan chiqarmang. 12 Jamoat joylarida, transportda va boshqa ulovlarda muhim qo’ngiroq bo’lmasa iloji bo’lsa gaplashmang. Madaniyatsizlik belgisi. 13 Qoida bo`yicha, qo`ng`iroqni qabul qilayotgan shaxs birinchi bo`lib o'zini tanitmaslik huquqiga ega. "Kim bilan gaplashayapman?”, "Bu kim?”, "Men qayerga tushdim?” kabi so`roqlar bilan gap boshlash odobsizlik sanaladi. Agar qo`ng`iroqqa chaqirilgan kishi joyida bo`lmasa, go`shakni olgan odam kim telefon qilganini aniqlashtirib o`tirmasligi kerak. "Kim so`rayapti?”dan ko`ra "Nima deb qo`yay?” degan so`roq yaxshiroq. Nima bo’lganda ham, hayotni yozilmagan qonunlariga amal qilsak, jamiyatda o’z o’rnimizni topishda, odamlarga yoqishda va yaxshi taasurot qoldirishda bizga katta yordam beradi. Manba Maslahat.uz | |
Просмотров: 1891 | |
Всего комментариев: 0 | |