Bir og`iz so`zim - la ranjitdim Sizni, Qalbingizga jonim yetkazdim ozor. Aytmoqqa tayyorman o`zga bir so`zni, Mehrli ishq so`z mendaku bisyor.
Bo`yningizdan quchib, hohlang cho`kib tiz Pushmonligim takror - takror aytaman. Sizni sevmadim - ku jonim men bejiz, Ho`p deng qalbingizga yana qaytay man.
Sizsiz yashamoqlik ko`p dushvor, o`lim, Qalbingizni nogoh tirnab qo`ydimmi? Garchand, ishq - hayotdir, gohida zolim, O`zimni pichoqsiz o`zim so`ydimmi?
Suyaksiz til derlar, avf eting jonim, O`ylamay aytilgan bitta so`zimni. Yo`qsa kuyib ketar qalb - honumonim, Sizga insof bersin, menga to`zimni.
Yomon so`z aytmadim, aytganim aytay, Sizdan o`rganganim edi - ku so`zlar. Sevgimiz hurmati qalbga men qaytay, Yo`qsa yolg`izlikdan bu yurak bo`zlar.
Toptang, haqoratlang, roziman yorim, Shu bilan humordan chiqsangiz shodman, Sizsiz hayot yo`qdir, siz yo`g`u borim, Sizsiz qalbi kemtik, bahtsiz noshodman.
Faqat ketmang jonim, meni yig`latib, Qalbim ko`zgusini sindirib chil -chil. Olib keting meni, qo`ymang bo`zlatib. Sizsiz yashamoqlik o`lim - ku ahir!
|