Главная » Статьи » Dunyo yangilikari

Amerika olimlari yana Nasa - agentligi 2012- 2013
Amerika olimlari yana Nasa - agentligi 2012- 2013



Bundan uch yil burun, ya'ni 2009-yili, Amerikaning bir qator olimlari, 2012-yilning 21-dekabrida yerda tektonik harakatlar yuzaga kelishini, bunga yaqqol sabab qilib, koinotda yangi aniqlangan, nomi qurg'ur "Niburi" planetasi sayyoramizga to'qnash kelishini va qadimgi "Maya" qabilasi bashoratini ko'rsatib, mamlakatda vaholang-ki butun dunyoda vahima uyg'otishgandi. Bu ham yetmagandek, Nasa - koinot resurslari agentligi bunga bir necha misollar keltirib o'tgandi. Ya'nikim, 21-dekabrda niburi yerga to'qnashib, sayyorimizda hayot tugaydi, qiyomat bo'lishi edi. Vahima ustiga qo'shimcha qilib, "2012" deya, vahimali kino ham suratga olishdi. (Qoyil qolasan kishi) Ba'zi mamlakat xalqlari ishonishdi bunga tag'in. O'sha paytlarda, "2012 - yil, qiyomat qoyin deya vahima uyg'otayotgan odamlar" deb tezda maqola chiqargandim. Ushbu maqolamga bildirilgan fikrlarni kuzatar ekanman, yurtdoshlarim dunyo qarashidan ko'nglim to'ldi. Juda aniq va haqqoniy fikrlarni bildirishgan. Boshqa mamlakat xalqlari ishongan bo'lsa ham, ular 100% Allohga ishonishgan. Yurtdoshlarimga tasanno ! Shunday qilib, oradan hash-pash deguncha uch yil o'tib ketibdi. 2012-yilni ham, tinchlik-omonlikda yorug' yuz bilan kutib oldik. (Allohga shukur) Tunov kuni internet tarmog'idagi yangiliklarni kuzata turib, Nasa agentligining yangi ma'ruzasiga ko'zim tushdi. O'qibman deng, kulgudan o'zimni zo'rg'a tiydim. 21-dekabrga oz qolganidan sarosimaga tushib, endi bahonaviy gaplarni aytishibdi. Hozir uch yil oldingi ma'ruza bilan, tunov kungi ma'ruzani yozaman. Taqqoslab ko'rib, statistik gaplarga bir e'tibor bering-a: 
(2009-yil Nasa agentligi) 
- Koinotda yangi, "Niburi" planetasi aniqlandi. U, yer o'qi tomon harakatlanib kelmoqda. Fazoviy jismlarni ko'rsatkichi bo'yicha, Niburi 2012-yilning 21-dekabrida yerga ko'rinadi va yer bilan to'qnash keladi. Ya'ni, yer sayyorasida hayot tugaydi. Quyoshda kuchli portlashlar ro'y berib, yerga astroid olovli yomg'irlar yog'a boshlaydi... - E bo'ldi-ey, tillaring kesilgur ! Hech nimadan qo'rqmay, 100% ishonch bilan gapirganini qarang bu olimlarni. Keyingi gaplarini yozmay qo'yaqolay. Asabbuzarlikdan boshqa hechnarsa emas. Tovba. Endi, tunov kuni berishgan ma'ruzalariga e'tiboringizni qaratsam: 
(2012-yil Nasa kaltafahmligi e yo'g'ey, agentligi) 
- Bizning koinot, 4 milliard yildan ortiq vaqt juda yaxshi holatda bo'lgan va yaqin orada oxirat zamon kelishi haqidagi gaplar asosga ega emas... - Fu, endi topgan bahonasini qarang ?! Bu olimlarda o'zi "bet" bormi ? Ha yer yutgurlar, undan ko'ra, "Biz yanglishgan ekanmiz, ming bor uzr, yana sharmanda bo'ldik, baribir kaltafahmligimizga boribmiz" demaysan-mi ! Aldagani bola yaxshi-yu, lekin dunyo bolajon emas-da ! Shuning uchun ham dono xalqimiz be'jizga aytmaydi "Yetti o'lchab, bir kes" ! Qaniydi shu naqlni olimlarni peshonasiga qizdirilgan tig' bilan o'yib yoza olganimizda... Biroz bo'lsada haqli qarorlar chiqaradigan bo'lisharmidi... Bundan oldin ham olimlik nazariyasi bilan ko'plab folbinlik qilishgan. "Garold kemp" degan bitta qarib quyilmagan olim chol, yodingizda bo'lsa 2012-yilni kutib ham o'tirmagandi. U 2011-yilning may oyida qiyomat bo'lishini bashorat qildi. Natijachi ? Hechnima bo'lgani yo'q ! Kaltafahm hisobda adashganini aytib, "iyul oyida qiyomat bo'ladi" dedi. Natija esa, yana sharmandalik ! (Battar bo'l) Shunda ham aqli kirmadi chog'i bir nimalarni bahona qilib, endigisi 2011-yilning 22-sentyabrida jismonan yerda talato'p bo'lishini bashorat qildi. Bezbet nafasini yel uchirdi go'yo, Allohga shukur, 22-sentyabrni ham yorug' yuz bilan xayrli qarshiladik. Natija, yana sharmandalik-sharmandalik !!! Kaltafahm Kemp, bundan oldin ham 1994-yilda "qiyomat bo'ladi" deb bashorat qilgan ekan, miyasiga qurt tushgur. O'z navbatida vaqt hamma narsani ko'rsatib berdi. Nima bo'lgani barchamizga ayon. Amerikalik kaltafahmlarni, eee yana kaltafahm dedim-mi ? "Olim" deyishimga arzimasligini qo'lim ham sezdi chog'i, "kaltafahm" deb yozib yuboryapti. Aypki buyurmaysizlar. Amerikalik kaltafahmlarni bashorati emas, Yaratganning aytgani bo'ladi ! Amalda bu bir necha bor isbotini topgan. Tushunishni istashmaydimi deyman, sharmandalar. Yana qachongacha davom etarkin bu hol-a ? Shuncha sharmanda bo'lganliklari kam-mi ?! Eh-he, anashunaqa gaplar. Xullas hali biz yashab turgan diyor, uzoq yillar, inshoolloh asrlar ham yashaydi. Faqat biz Allohga ishonsak bo'lgani. Mayli, anavi kaltafahmlar "kelasi yil aniq bo'ladi" deb, yana sharmanda bo'laversin. Bizni esa, hali oldinda qiyomat emas, nurli kelajak va yangi 2013-yil kutmoqda. Xudo xohlasa yoshlarimizni baxt to'ylari bo'lib, shirindan-shakar jajji o'g'il-qizchalarni ota-onalari bo'lishadi. Avvalo dunyomiz, yurtimiz tinch bo'lsin. 21-dekabrni ham yorug' yuz bilan, xayrli o'tkazamiz inshoolloh ! So'zim yakunida, Amerikalik kaltafahmlarga va aqlini yig'ib olishga ulgursa bo'ladigan Nasa agentligiga, yana bashorat qilishmoqchi bo'lsa, keyingi sharmandaliklari yo'lida omad tilab qolaman. Yaqinlashib kelayotgan yangi 2013-yil, barchamiz uchun fayzli va qutlug' kelsin !


_Gulishka_:MegaMedia.uZ sayti
Категория: Dunyo yangilikari | Добавил: AFmedia (12.12.2012)
Просмотров: 1460 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]