Главная » Статьи » Ayanchili sevgi hikoyalari

Chiroy Qurboni Yohud Oshiq Qizlar Kasofati
Hikoya real,hayotiy voqealar asosida yozilgan.


Nodir ismli bir yigit bor edi. U juda kelishgan yani qizlarning yoqimtoyi va uning xusniga oshiq qizlar juda ko’p edi.U oliygoxlarning birida o’qir va Oilada yolg’iz farzand edi. Nodirning akasi bir necha yillar oldin qurolli kuchlar safida xizmat qilar, Afg’oniston urushida vafot etgandi. Shu sabab oilada yolg’iz farzand bo'lgan. Otasi ham olamdan o’tgan edi.U onasi bilan yolg’iz yashar edi. Nodir juda samimiy, oqko’ngil yigit edi. U o’qiydigan oliygoxda Nodirga oshiq qizlar juda ko’p edi. Nodirni guruhida o’qiydigan ikki qiz uni sevardi. Afsuski ular yengiltabiat, olifta qizlar edi. Nodir u ikkalasiga qiyo boqmasdi. U qizlarning birining ismi Dilnoza ikkinchisiniki Sevara edi. Bu ikki qiz Nodirni deb, uni talashib ko’p janjallashishardi. Nodir esa ularga etibor qaratmasdi. Bir kuni darsdan keyin Dilnoza Sevarani "razborka”ga chaqirdi. Shahar chekkasidagi temir yo’l bekati yaqinida uchrashishdi. Shu payt Dilnoza Nodirga qo’ng’iroq qilib uniyam chaqirdi.
Dilnoza: Nodir qalaysan? Seni deb Sevara bilan janjallashaverish jonga tegdi. O’zing hozir kelip hal qil. Yo uni de yo meni. Yoki bo’lmasam ikkalamizni oramizni ochiq qil bu janjal seni deb bo’lyapti o’zing kelib hal qilib ber dedi.
Nodir ularni yoniga bordi. Ularni orasini tinch yo’l bilan ochiq qilishga urindi. Ammo Dilnoza va Sevara o’rtasida yana janjal boshlandi. Atrofda bu uchalovidan boshqa hech kim yo’q edi. Dilnoza Sevarani urib ketti.
Nodir ularni ajratishga urindi ularga shunday dedi: Bas yetar kapkatta qizlarsiz. Bu nima qiliq esinglar joyidami? Men seni ikkalovingni ham sevmayman. Menga senlardaka ahmoq, yengiltabiat qizlarning umuman keragi yo’q. Bo’ldi qillaring. Agar yana janjallashsalaring ota onalaringni yoniga borib hammasini aytib beraman shunday qilmasam tinchimaydiganga o'xshaysanlar. jonimga tegdilaring. Zamonni o'zgargani rost ekan, oldin yigitlar qizlarni deb urishsa endi esa qizlar bollarni deb urishyapti bo'ldi bas. Nodirning bu gaplaridan Dilnoza va Sevaraning juda achchig’i chiqdi. Shu payt uzoqdan poyezd katta tezlik bilan kelib borardi. Dilnoza Nodirga qarab: Shunaqami hali ota onamizga aytasanmi. Demak ikkalamizdan birimizni tanlamadinga. Menga ham Sevaraga ham nasib qilmaysan dedi. Shunda Sevara va Dilnoza katta tezlik bilan kelayotgan poyezdga jaxl ustida Nodirni itarib yuborishdi. Poyezd Nodirni urib uni ikkiga bo’lib yubordi. Qizlar qo’rqib ketib voqea joyidan qochib ketishdi…..Nodirning bechora onasi bu ayriliqqa dosh berolmadi. Yolg’iz farzandi ham xalok bo’ldi. Katta og’li urushda vafot etgandi. Ikki o’g’lidan ham judo bo’lgan ona, ruxiy kasallikka chalinib es xushini yo’qotib qo’ydi. Do’ktorlar uni davolay olishmadi. Bechora onaizor og’lini jasadini ikkiga bo’lingan holatda shifoxonada tasodifan ko’rib qolgandan beri es xushini yo’qotib qo’ygan ekan.Bir yigitning husni jamolini talashib uni hayotiga zomin bo’lgan qizlar qonunga muxofiq qamoq jazosiga tortildi. Yigitning onasi esa haligacha ko’chalarda tentirab yurib og’lini qidirib yurar ekan.


(Bu voqea bundan bir necha yillar oldin sodir bo’lgan. Hikoyadagi bosh qahramon Nodir Toshkent shahri "Buyuk ipak yo’li” mavzesidagi mahallada yashardi. Hikoyada ismlar o’zgartirilib yozilgan. Vafot etgan yigitni Alloh rahmat qilsin. Onasiga esa Alloh najot bersin.)
Категория: Ayanchili sevgi hikoyalari | Добавил: Shaxzod4ik (12.06.2012)
Просмотров: 5479 | Рейтинг: 3.8/5
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]