Главная » Статьи » Qiziqarli ma'lumotlar

O'zbekistonda qorga aylanadigan yomg'ir kutilmoqda
O'zbekistonda qorga aylanadigan yomg'ir kutilmoqda...


O'zbekistonda qorga aylanadigan yomg'ir kutilmoqda...

O'tgan hafta boshidagi yog'inlardan keyin O'zbekiston bo'ylab yana quruq va sovuq ob-havo hukmronlik qildi. Harorat yilning shu davridagi normal ko'rsatkichlardan 3-6 daraja past bo'ldi.Tungi soatlarda termometr 3-5 daraja sovuqni, kunduzi esa 4-6 daraja iliqni ko'rsatdi.

O'tgan dam olish kunlari harorat ko'tarila boshladi va kechasi nol daraja, kunduzi esa +7 +9 daraja atrofida bo'ldi.

O'zgidromet bosh sinoptigi Irina Zaytsevaning OLAM.uz tahririyatiga bergan ma'lumotiga ko'ra, 26 va 27 noyabr kunlari respublika bo'ylab quruq ob-havo saqlanib turadi. Kechasi harorat 0 atrofida bo'lsa, kunduzi +10 +12 darajani ko'rsatadi. Hafta o'rtasida, ya'ni 28 va 29 noyabr kunlari O'zbekiston hududiga janubdan nam bulutli massivlar kirib keladi. Bir paytning o'zida Volgabo'yi hududlaridan sovuq havo oqimi keladi.

O'zbekiston bo'ylab hamma joyda yomg'ir yog'adi, ba'zi joylarda yomg'ir qorga aylanadi. Shamol soniyasiga 15-20 metrgacha kuchayadi.

29 noyabrga kelib havo harorati yana tushib ketadi: kechasi 0 – 5 sovuq, kunduzi +3 +5 iliq atrofida bo'ladi.

Oxirgi kunlarda respublika bo'ylab quruq havo bo'lishi kutilmoqda. Harorat kechasi 0 – 5 daraja sovuq, kunduzi +3 +8 daraja iliq atrofida bo'ladi.
Категория: Qiziqarli ma'lumotlar | Добавил: Shaxzod4ik (27.11.2012)
Просмотров: 1356 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]