Главная » Статьи » Yangiliklar

O'zbekistonning 2 ta yangi telekanali 31 dekabr kuni ishga tushadi
O'zbekistonning 2 ta yangi telekanali 31 dekabr kuni ishga tushadi



O'zbekistonning 2 ta yangi telekanali 31 dekabr kuni ishga tushadi


Shu yilning 31 dekabr kuni O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tizimida ikkita yangi "Madaniyat va ma'rifat" va "Dunyo bo'ylab" telekanallari o'z faoliyatini boshlaydi.Yangi telekanallar dasturlari soat 19:00 dan efirga uzatila boshlanadi, deya xabar beradi MTRK. 

Qayd etib o'tamiz, 2012 yil 30 iyul kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti "O'zbekiston milliy teleradiokompaniyasining raqamli telekanallari sonini oshirish, ulardan to'liq formatda foydalanish, sifatli boyitish va xizmat ko'rsatish to'g'risida"gi Qarorni imzoladi. 

Qarorga ko'ra, O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2013 yil Davlat byudjetini shakllantirish jarayonida telekanallarning o'z mablag'lari ulushini ko'paytirishni inobatga olgan holda, yangi ochiladigan telekanallar faoliyat yuritishi uchun zarur byudjet mablag'larini, shu jumladan dunyoning yirik mediabozorlarida Kompaniya ishtirok etib, o'z mahsulotini sotish va xorij tele- va boshqa mediamahsulotlarni sotib olish huquqiga ega bo'lishi uchun mablag' ajratadi.

"Madaniyat va ma'rifat" telekanali ijodkorlarining asosiy maqsadi aholining madaniy va ma'rifiy darajasini oshirish, o'sib kelayotgan avlodda ilmiy kashfiyot va bilimlar, madaniy qadriyatlarga bo'lgan qiziqishlarni shakllantirish, O'zbekiston xalqining boy madaniy va ma'rifiy merosini saqlab qolish va yanada boyitishga qaratilgan yuqori badiiy darajadagi ilmiy-ommabop va madaniy-ma'rifiy teledasturlarni yaratish bilan birga translyatsiyaning turli zamonaviy interfaol shakllari va usullari, raqamli va multimediali texnologiyalarning imkoniyatlaridan foydalangan holda, O'zbekiston Respublikasining madaniy va ilmiy hayotida sodir bo'layotgan muhim voqealar to'g'risida teletomoshabinlarni har tomonlama xabardor qilishdan iborat. 

"Dunyo bo'ylab" telekanali ham davlat unitar korxonasi bo'lib, dunyoning etakchi telekanallari telemahsulotlarini litsenziya asosida namoyish etish yo'li bilan aholi, ayniqsa yoshlarning tarix, geografiya va dunyo mamlakatlarining zamonaviy rivojlanish darajasi, jahon xalqlarining o'ziga xos milliy an'analari va madaniyatlari, yuksak geografik kashfiyotlar, sayyoramizning turli qit'alari va Jahon okeani tabiati, nabotot va hayvonot olamining naqadar noyobligi haqidagi dunyoqarashlarini kengaytirib, bilimlarini oshirishga xizmat qiladi. 

Telekanal ijodkorlari mamlakat mintaqalari madaniy va etnografik rivojlanishining xususiyatlari to'g'risida yuqori sifatli maxsus ilmiy-ommabop, aholining ekologik madaniyatini oshiruvchi teledasturlarni tayyorlashadi. 

Ushbu telekanalning yana bir vazifasi esa xalqaro hamjamiyat va mamlakat aholisiga O'zbekistonning noyob turistik salohiyati, ekologik turizmning imkoniyatlari va rivojlanish darajasi haqida xabar berish, mamlakatimiz haqida yuqori badiiy darajadagi ilmiy-ommabop va ma'rifiy dasturlarni tayyorlash, litsenziya asosida xorijiy kanallarda tarqatish hamda sog'lom turmush tarzi va faol dam olish shakllarini ommalashtirishdan iborat.
Категория: Yangiliklar | Добавил: AFmedia (22.12.2012)
Просмотров: 1943 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]