Главная » Статьи » Yangiliklar

O'zbek olimlari zilzilani “bashorat” qiluvchi qurilmani yaratdi
O'zbek olimlari zilzilani


O'zbek olimlari zilzilani "bashorat” qiluvchi qurilmani yaratdi


O'zbekiston Fanlar akademiyasining Fizika-texnika instituti "Fizika — Quyosh” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi olimlari tomonidan eksperimental qurilma yaratildi. Uning yordamida qisqa muddatda zilzila xavfini oldindan aniqlash mumkin.O'zFA Fizika-texnika instituti ilmiy xodimi Asatilla Maqsudovning so'zlariga ko'ra, yangi qurilma o'tgan yilning iyul-noyabr hamda joriy yilning fevral-aprel oylarida sinovdan o'tkazilgan. 

Xususan, 2011 yilning 19 iyulida Toshkent va Farg'ona vodiysida yuz bergan 5 balli zilzila (epimarkazi Qirg'iziston tog'larida) vaqtida qayd etilgan signal 1700 o'lchov birligini, 20 iyulda Yaponiyada sodir bo'lgan er silkinishi vaqtida esa 700 o'lchov birligini tashkil etgan. 

Ushbu tabiiy ofatlardan 2-3 kun oldin hisoblagichlar aniqlagan signallar miqdori bir necha o'n barobar oshib borib, tabiiy ofat yuz bergan vaqtgacha o'sishda davom etgan hamda hodisadan so'ng uning ko'rsatkichi nolinchi darajaga tushib ketgan. 

Olib borilgan tahlillar shuni ko'rsatdiki, agar sodir bo'ladigan zilzila epimarkazi o'rnatilgan qurilmaga yaqin hududda bo'lsa, bu ko'rsatkich o'zining eng yuqori darajasiga ko'tariladi, deb yozadi "Xalq so'zi” nashri. 

Mazkur qurilma boshqalaridan farqli ravishda turli detektorlar yordamida zaryadlangan zarralar va neytronlar o'zgarishini bir vaqtda qayd etish orqali er qimirlashini qisqa muddatda bashorat qilish ishlarini mukammallashtiradi. Agar u Er yuzasidagi seysmik faol hududlarga o'rnatilsa va olingan signallar yo'nalishlari tahlil etilib, o'zaro axborot almashinuvi yo'lga qo'yilsa, sodir bo'ladigan er qimirlashining nafaqat vaqti, balki uning epimarkazi yo'nalishini ham bashorat qilish mumkin. Bu esa seysmologiya sohasidagi ilmiy tadqiqot ishlarini yanada kengaytirishni taqozo etadi.

Категория: Yangiliklar | Добавил: AFmedia (14.12.2012)
Просмотров: 1578 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]